Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Bayden maslahatchisi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun Hindistonga tashrif buyuradi

A A A
Bayden maslahatchisi xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilish uchun Hindistonga tashrif buyuradi

AQSh Milliy xavfsizlik maslahatchisi Jeyk Sallivan 5-6 yanvar kunlari Hindistonga tashrif buyurib, hamkasbi Ajit Doval bilan uchrashadi.

Bu haqda Oq uy matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, uchrashuv davomida AQSH-Hindiston munosabatlarini qamrab oluvchi keng ko‘lamli masalalar, jumladan, kosmik texnologiyalar, mudofaa, Hind-Tinch okeani mintaqasi va undan tashqarida xavfsizlikning ustuvor yo‘nalishlari kabi masalalar muhokama qilinadi.

Sallivan tashrif davomida Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Djayshankar bilan ham uchrashadi.

Kiritildi: 23:20 04.01.2025. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!