AQSh prezidenti Jo Bayden o‘z lavozimidan ketishdan oldin ikki marta xalqqa murojaat qilishni rejalashtirmoqda.
Bu haqda NBC News xabar bermoqda.
"Prezident Jo Bayden lavozimidan ketishdan oldin ikkita muhim nutq so‘zlashni rejalashtirmoqda," - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, birinchi nutq tashqi siyosatga bag‘ishlanadi va Bayden 12 yanvar kuni Italiyaga safaridan qaytganidan so‘ng so‘zlanishi kutilmoqda.
Shundan so‘ng u yana bir nutq so‘zlab, davlat xizmatidagi faoliyati haqida so‘zlab beradi.