Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Bayden Floridada favqulodda holat e’lon qildi

A A A
Bayden Floridada favqulodda holat e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden yaqinlashib kelayotgan “Ien” tropik bo‘roni sababli Florida shtatida favqulodda holat e’lon qilish haqidagi farmonni imzoladi.

"Bugun prezident Jo Bayden Florida shtatida favqulodda holat e’lon qildi va "Ien" tropik bo‘roni tufayli yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarga javoban federal yordam ko‘rsatishni buyurdi" , deyiladi Oq uy bayonotida.

Prezident imzolagan hujjatga ko‘ra, Florida hukumatiga AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi va Favqulodda vaziyatlarni boshqarish bo‘yicha federal agentlik yordam ko‘rsatadi.

Kiritildi: 08:49 25.09.2022. O'qildi: 2760 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik