Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Bayden Erdog‘andan Putin haqida so‘ramoqchi

Bayden Erdog‘andan Putin haqida so‘ramoqchi

AQSh prezidenti Jo Bayden va uning turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo‘g‘an S-400ni muhokama qiladi hamda Rossiya prezidenti Vladimir Putin haqidagi kuzatuvlarni taqqoslaydi. Bu haqda AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha yordamchisi Jeyk Sallivan ma’lum qildi.

Britaniyaning Kornuol shahrida bo‘lib o‘tgan G7 sammitidan so‘ng AQSh prezidenti Jo Bayden 14 iyun kuni NATO sammiti bo‘lib o‘tadigan Bryusselga yo‘l oldi. Bayden Putin bilan 16 iyun kuni Jenevada uchrashadi.

"Rossiya, shubhasiz, ba’zi sohalarda Turkiya bilan kelishmovchiliklarga ega va boshqa sohalarda Turkiya bilan ishlaydi. Demak, u (Bayden - tahr.) uchun kuzatuvlarni Erdog‘an bilan taqqoslash qiziqarli imkoniyat bo‘ladi", - dedi Sallivan samolyotdagi brifingda.

Bayden Erdog‘an bilan Rossiyaning S-400 tizimlarini muhokama qiladimi yoki yo‘qmi, degan savolga Sallivan "Ha, shunday qiladi", deb javob berdi.

Kiritildi: 09:00 14.06.2021. O'qildi: 2668 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!