Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Bayden: "AQSh Eronni ozod qilmoqchi"

A A A
Bayden: "AQSh Eronni ozod qilmoqchi"

AQSh prezidenti Jo Bayden Kaliforniyada bo‘lib o‘tadigan Kongressga bo‘lajak oraliq saylovlar haqida so‘zlagan nutqi chog‘ida AQSh “Eronni ozod qilmoqchi”, deb aytdi. Bu haqda Bloomberg yozmoqda.

Baydenning nutqi Iroq va Afg‘onistonda xizmat qilgan amerikalik faxriylarga tibbiy yordam ko‘rsatishga qaratilgan. Nutqi davomida u to‘xtab, “Xavotir olmang, biz Eronni ozod qilamiz”, dedi. Shundan so‘ng u tezda qo‘shib qo‘ydi: "Ular tez orada o‘zlarini ozod qilishadi". Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti nimani nazarda tutganini tushuntirmadi, deya ta’kidlaydi agentlik.

Ma’lumot uchun, Eronda norozilik namoyishlari sentyabr o‘rtalarida 22 yoshli Mahsa Amini o‘limidan so‘ng boshlangan. Polisiya uni hijobni noto‘g‘ri kiygani uchun ukasi bilan Tehrondagi metrodan chiqayotganida hibsga olgandi. Keyinroq Aminining akasi polisiya unga “qayta o‘qitish”ga va’da berganini aytdi. Qizni polisiya bo‘limidan tez yordam mashinasida olib ketishgan. Keyinchalik shifokorlar uning yurak xuruji va insultga uchraganini va bir necha kundan keyin vafot etganini aytishdi. Eron polisiyasi avtohalokat versiyasida turib oldi.

Eron hukumati norozilik namoyishlari “dushmanning islomiy rejimni zaiflashtirish strategiyasi”ning bir qismi ekanligini va mamlakat armiyasi “dushmanlarga qarshilik ko‘rsatish”, shuningdek, namoyishlar paytida xavfsizlikni ta’minlash niyatida ekanini aytdi.

Eron oliy rahbari Ali Xomanaiy norozilik namoyishlari "oddiy eronliklar" tomonidan rejalashtirilmagani va amalga oshirilmaganini aytdi va AQSh hamda Isroilni tartibsizliklarni uyushtirganlikda aybladi.

Kiritildi: 12:14 04.11.2022. O'qildi: 3617 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik