Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

Baxtli yashashni istaysizmi? Unda kamroq gapiring!

Baxtli yashashni istaysizmi? Unda kamroq gapiring!

“Baxt jimjitlikni yaxshi ko‘radi”, “Nima bilan maqtansangiz, o‘sha narsasiz qolasiz” degan iboralarni tez-tez eshitib turamiz. Ammo siz bu iboralar nimani anglatishini bilasizmi? Bu iboralar, aslida, oilangizdagi baxtni saqlab qolish uchun ishlatiladi.

Afsuski, aksariyat odamlar boshqalarning baxtidan qanday zavqlanishni bilishmaydi. Ular hasadgo‘ylik bilan boshqalarning quvonchini o‘zlarining muvaffaqiyatsizliklari deb bilishadi. Va ular quvnoq suhbatdoshiga salbiy energiya tarqatishga usta bo‘lishadi.

Shu sababdan ham do‘stlaringizga qanchalik baxtli ekanligingizni kamroq aytsangiz, ular sizga shunchalik kamroq hasad qilishadi.

Odamlar qanchalik baland ovozda maqtanishsa, shunchalik tez yo‘qotishadi

Muloqot paytida siz birovning energiyasi ta’siriga tushasiz. Ijobiy nurni qancha ko‘paytirsangiz, odamlar baxtingiz haqida shunchalik ko‘proq ma’lumot oladi, shunda uchinchi tomon energiyalari sizning energiya oqimingizga aralashadi. Bularning barchasi bir bo‘lib kelajakdagi hayotingizga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

“Muvaffaqiyatlaringni onangdan boshqa hech kimga aytma”, degan gapni ham juda ko‘p marotaba eshitganmiz. Shuni tan olish kerakki, bu ayni haqiqat. Atrofingizda siz uchun chin dildan quvonadigan odamlar juda kam.

Bu, ayniqsa, internet sahifalaridagi do‘stlaringizga tegishli gap.

Baxtli inson bo‘lishni xohlasangiz, kamroq suhbatlashing. Shaxsiy yoki oilaviy hayotingiz haqidagi ma’lumotlarni do‘stlaringiz yoki hamkasblaringiz bilan bo‘lishmang.

Bu muhim: Biz bu bilan baxtingizni yashirish uchun har doim tushkun kayfiyatda yurishingiz kerak demoqchi emasmiz. Shunchaki ichi qora, yomon niyatli odamlardan uzoqroq yuring. Hayotidan hamisha nolib yuradiganlarga baxtingiz haqida gapiravermang. Bu sizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: 12:39 21.10.2019. O'qildi: 2742 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!