Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi

Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov bilan uchrashdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Baxtiyor Saidov respublikada o‘z faoliyatini yakunlayotgan Rossiya elchisi Oleg Malginovni qabu qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Rossiya ittifoqchilik va strategik sherikligini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

“Biz aloqalarni chuqurlashtirish va mamlakatlarimiz uchun manfaatli qo‘shma tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga intilishimizni yana bir bor tasdiqladik. Janob Elchining kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oleg Malginov diplomatik missiyasini yakunlamoqda. U 2021 yil 5 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin farmoniga muvofiq, mamlakatning O‘zbekistondagi yangi elchisi etib tayinlangan edi.

Kiritildi: 13:07 13.06.2025. O'qildi: 615 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!