Baxtiyor Saidov Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan telefon orqali suhbat o‘tkazdi.
Muloqot davomida tomonlar mintaqadagi vaziyatni muhokama qildi hamda har qanday keyingi keskinlashuv jiddiy gumanitar va xavfsizlik oqibatlariga olib kelishi mumkinligini ta’kidladi.
“Barcha kelishmovchilik va nizolar faqat tinch yo‘l bilan — muloqot va diplomatiya orqali hal etilishi lozim”, — deyiladi rasmiy xabarda.