Baxtiyor Haydarov Sanoat kooperasiyasi va davlat xaridlari agentligi direktori lavozimiga tayinlandi.
U 1989 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda Toshkent moliya institutining bakalavriat, 2012 yilda magistratura bosqichlarini tamomlagan.
Avval Prezident administrasiyasi Ijtimoiy sohada muhim tashabbuslarni ishlab chiqish boshqarmasi boshlig‘i, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari kabi lavozimlarda ishlagan.
Sanoat kooperasiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha agentlik ochilishi ma’lum bo‘lgandi.