Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Baskin-Robbins O‘zbekiston bozoriga kirib keladi

A A A
Baskin-Robbins O‘zbekiston bozoriga kirib keladi

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaqin vaqtlar ichida kompaniyaning Toshkentdagi franshizasi faoliyatini boshlashi kutilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida aytish joiz, Baskin-Robbins kompaniyasi butun dunyoda «31 xil maza» shiori bilan tanilgan bo‘lib, har kuni yangicha ta’mdagi muzqaymoqlarni tatib ko‘rish imkonini taqdim etishi ushbu g‘oya asosini tashkil etadi. Hozirda 52 mamlakatda 7000dan ziyod kafeni o‘z tarmog‘iga birlashtirgan kompaniya Rossiya va MDH mamlakatlarida 327 ta savdo nuqtasiga ega.

Baskin-Robbins’dan tashqari, shu yil oxiriga qadar O‘zbekiston poytaxtida KFC restorani ham ochilishi kutilyapti. Shuningdek, o‘tgan yili O‘zbekistonda McDonalds, Burger King va Starbucks kabi dunyo miqyosidagi brendlar o‘z filiallari faoliyatini yo‘lga qo‘yishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 23:13 12.07.2018. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik