Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Bashar Asad: “Urushni bir yilda tugatishimiz mumkin”

A A A
Bashar Asad: “Urushni bir yilda tugatishimiz mumkin”

Prezident Bashar Asad Russia Today telekanaliga intervyu berib, Suriyadagi urush bilan bog‘liq savollarga javob qaytardi.

“Agar Suriyaning dushmanlari tashqaridan yordam olmasa, biz urushni bir yil ichida tugatamiz, – dedi u. – Suriya armiyasi mamlakatni terrordan tozalash uchun har safar odim otganida, AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari yo terrorni qo‘llab-quvvatlash, yoki siyosiy jarayonlarga xalal berish orqali to‘sqinlik qilmoqda”. 

Bashar Asad aperl oyida Duma shahrida kimyoviy qurol ishlatilganini inkor etdi. “Bundan bizna qanday naf? Nima uchun bunga qo‘l urishimiz kerak? – dedi u.

Shuningdek, Suriya prezidenti mamlakat shimolini nazorat qilayotgan kurdlarga qarshi kerak bo‘lsa kuch qo‘llanishini ma’lum qildi: “Agar muzokaralar natija bermasa, bu hududlarni kuch qo‘llab ozodlikka chiqaramiz”.   

manba: azon.uz

Kiritildi: 12:07 31.05.2018. O'qildi: 1329 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik