Suriya prezidenti Bashar Asad Shimoliy Koreyaga tashrif buyurish va Kim Chen In bilan uchrashish istagini bildirdi. Bu haqda KXDRning "Kun" nashri ma’lum qildi.
Asad bu istagini 30 may kuni Shimoliy Koreyaning Suriyadagi yangi elchisiga ishonch yorlig‘ini topshirish marosimida bildirgan. Ta’kidlanishicha, Asad “Koreyaning birlashishi amalga oshishiga” ishonishini aytgan.
“Suriya hukumati Shimoliy Koreya hukumatining siyosati va qabul qiladigan choralarini to‘liq qo‘llab-quvvatlashni va do‘stona munosabatlarni kengaytirishni davom ettiradi”, deb aytilgan xabarda.