Beshinchi kundirki, suriyalik isyonchilar ilgari Bashar al-Assad rejimi qo‘shinlari tasarrufida bo‘lgan hududlarni egallab, shiddat bilan olg‘a siljimoqda. Shu tariqa, bir necha kun ichida muxolif guruhlar kuchlari ikki milliondan ortiq aholi istiqomat qiluvchi yirik Halab shahri hamda boshqa yuzlab aholi punktlarini nazorat ostiga oldi.
Isyonchilar Aleppo ustidan nazoratni mustahkamlagan holda strategik hududlarni, jumladan Xonaser shahrini ham egallab oldilar. Bundan tashqari, ular Homs va qirg‘oq o‘rtasidagi muhim transport punkti bo‘lgan Xama shahri chegaralariga yaqinlashdilar.
Suriya poytaxti Damashq hamon Asadga sodiq qo‘shinlar nazoratida. Biroq mamlakat janubidagi Dara va Suvayda mintaqalarida muxolif guruhlar bilan rejim kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etmoqda. Ayni paytda ijtimoiy tarmoqlarda Asad vakillari va Turkiya rasmiylari o‘rtasida Antaliyadagi muzokaralar haqida tasdiqlanmagan ma’lumotlar tarqalmoqda.
Suriya yetakchisi nazarida ittifoqchilar tomonidan qo‘llab-quvvatlovning zaiflashishi tufayli vaziyat yanada og‘irlashmoqda. Bir paytlar Aleppoda hukmron kuch bo‘lgan rus qo‘shinlari hozir Ukrainada to‘plangan, Eron jangarilari va Hizbulloh esa boshqa mojarolar tufayli zaiflashgan. Rossiya aviasiyasi mintaqada hujumlarni qayta boshlagan bo‘lsada, harbiy tahlilchilarga ko‘ra, uning resurslari keskin cheklangan.