Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

“Barselona” yaqin kunlarda Xavining iste’fosini e’lon qiladi

“Barselona” yaqin kunlarda Xavining iste’fosini e’lon qiladi

Xabarlarga ko‘ra, klub 59 yoshli Hans-Diter Flik bilan kelishuvga erishgan.

Marca nashrining ma’lum qilishicha, Laporta yaqin kunlarda, aniqrog‘i, 27 may kuni Xavining iste’foga chiqarilganini e’lon qiladi.

Klub moliyaviy qiyinchiliklarga qaramasdan murabbiy bilan hamkorlikni tugatmoqchi. Xavining iste’fosi “Barselona” uchun 20 million yevroga tushadi.

Flik esa kataloniyaliklarning qo‘ng‘irog‘ini kutmoqda. Mutaxassis jamoada Xaviga o‘rinbosar bo‘ladi. Nemis murabbiyi va “ko‘k-anorranglilar” so‘nggi kunlarda bir necha bor muzokaralar o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, 28 yanvarda Xavi mavsum oxirida “Barselona” murabbiylik postini tark etishini ta’kidlagandi. Keyinchalik bir necha bor bu qarorini o‘zgartirmasligini ham aytib o‘tgandi. Biroq rahbariyat aprel oyida ispaniyalik mutaxassisni jamoada qoldirishga ko‘ndirgandi. Shundan so‘ng Laporta Xavini jamoadan ketkazishga tayyor ekanligi xabar qilindi.

Xavi “Barselona”ni 2021 yilning noyabridan beri boshqarib kelmoqda. Ayni damda “Barselona” La Liga jadvalida 2-o‘rinni egallab turibdi. Chempionatdagi so‘nggi o‘yin 26 may kuni “Sevilya”ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 15:58 24.05.2024. O'qildi: 608 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!