Bugun 16 may, 2025 yil, juma

КИР

«Barselona» vise-prezidenti: «Sharmandagarchilik!»

A A A
«Barselona» vise-prezidenti: «Sharmandagarchilik!»

«Barselona» klubi rahbariyati La Liga tartib-intizom qo‘mitasining «Real» forvardi Kilian Mbappega qo‘llagan bir o‘yinlik diskvalifikasiya jazosini haqoratli deb hisoblamoqda.

La Liga 31-turi doirasidagi «Alaves»ga qarshi o‘yinning 38-daqiqasida (1:0) «Real» hujumchisi Mbappe markaziy maydonda Antonio Blankoning oyog‘iga butsaning tag qismi bilan zarba bergandi. Bosh hakam Sesar Soto Grado VARda videotakrorni ko‘rgandan so‘ng unga qizil kartochka ko‘rsatgandi.

Tartib-intizom qo‘mitasi vaziyatni o‘rgangach, fransiyalik futbolchini faqat bir o‘yinga diskvalifikasiya qilish qaroriga keldi.

«Bu to‘qnashuv ham, jazo ham mutlaqo absurd. Bu o‘yin qoidasining yaqqol buzilishi edi, u raqibni jiddiy jarohatlashi mumkin edi. Bunday folga nisbatan bir o‘yinlik jazo – haqiqiy sharmandagarchilik», – dedi «Barselona» vise-prezidenti Rafa Yuste RAC1 radiosi bilan suhbatda.

Ma’lumot uchun, «Barselona» 26 aprel oqshomida Ispaniya kubogi finali doirasida «Real»ga qarshi maydonga tushadi. Kilian bu bahsda madridliklar safida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kiritildi: 17:39 16.04.2025. O'qildi: 1125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!