Bugun 1 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

"Barselona" tarkibni tozalashga tayyorlanmoqda

A A A
"Barselona" tarkibni tozalashga tayyorlanmoqda

El Nacional nashriga ko‘ra, "Barselona" bu yozda katta miqdorda sotuvni rejalashtirmoqda, chunki ular o‘z maoshlarini La Liga tomonidan belgilangan 200 million yevroga qisqartirishlari kerak.

Oltita o‘yinchi bundan mustasno, qolgan futbolchilar sotilishi mumkin bo‘lgan ro‘yxatga kirishishi mumkin. Bosh murabbiy Xavi hatto bir qancha mashhur futbolchilar, jumladan, hujumchi Ansu Fati sotilishini ma’qullagan. Ispaniyalik futbolchi jarohatdan qaytganidan beri eng yaxshi formada emas.

Fatiga Angliyaning ba’zi top-klublari tomonidan qiziqish bo‘lmoqda, Ansu esa "Kamp Nou"da o‘ynashni rejalashtirmoqda.

Oltita daxlsizlar qatoriga quyidagilar kiradi: Ronald Arauxo, Pedri, Gavi, Jyul Kunde, Robert Levandovski va Andreas Kristensen bu mavsumda asosiy rol o‘ynaydi.

Kiritildi: 16:33 24.02.2023. O'qildi: 2579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!