Bugun 15 iyun, 2026 yil, dushanba

КИР

«Barselona» tarbiyalanuvchisi «Real»ga o‘tmoqda - Transfer tafsilotlari

«Barselona» tarbiyalanuvchisi «Real»ga o‘tmoqda - Transfer tafsilotlari

«Real» klubi «Chelsi» himoyachisi Mark Kukurelya bilan olti yillik shartnoma imzolaydi, deb xabar bermoqda insayder Fabrisio Romano.

27 yoshli ispaniyalik futbolchi transferga rozilik berib bo‘lgan, u JCH-2026 yakunlanganidan keyin «Qirollik klubi» safiga borib qo‘shilishi kerak.

Jurnalist Devid Ornshteynning ma’lumotiga ko‘ra, transfer summasi 60 million yevroni tashkil etadi. «Real» «Chelsi»ga zudlik bilan 55 million yevro to‘laydi, yana 5 million yevro esa futbolchining ko‘rsatadigan o‘yinlariga qarab bonuslar ko‘rinishida ko‘zda tutilgan.

Kukurelya — «Barselona» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Himoyachi 2022 yilning avgust oyidan buyon «Chelsi» sharafini himoya qilib kelmoqda. 2025/26 yilgi mavsumda futbolchi londonliklar tarkibida barcha turnirlarda 50 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali Kukurelyaning transfer bahosini 50 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: Bugun 08:38. O'qildi: 243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!