Bugun 14 may, 2024 yil, seshanba

КИР

«Barselona» sobiq prezidenti Xosep Bartomeu hibsga olindi

«Barselona» sobiq prezidenti Xosep Bartomeu hibsga olindi

«Barselona» futbol klubining sobiq prezidenti Xosep Mariya Bartomeu hibsga olindi, deya xabar qilmoqda Cadena SER.

Kataloniya polisiyasi 1 mart kuni «Barselona» ofisida tintuv o‘tkazgan. Ularni klubning moliyaviy, yuridik va normativ-huquqiy bo‘limlari qiziqtirmoqda.

Bartomeudan tashqari klubning sobiq bosh direktori Oskar Grau va jamoaning yuridik ishlariga javobgar bo‘lgan Roman Gomes Ponti ham hibsga olingan.

Ta’kidlanishicha, polisiya 2020 yilning fevralida yuzaga kelgan «Barsageyt» mojarosi yuzasidan tergov boshlagan.

O‘shanda «Barselona» I3 Ventures marketing kompaniyasi bilan hamkorlikda ijtimoiy tarmoqlarda Bartomeuning himoyasi bilan shug‘ullangani, shuningdek, Lionel Messi, Xerard Pike va boshqa futbolchilarga nisbatan negativ kayfiyatni yuzaga keltirishga uringani ma’lum bo‘lgandi.

Biroq Bartomeu bu voqealarga aloqadorligini inkor etgan va audit tekshiruvi «Barselona»ning ijtimoiy tarmoqlardagi vaziyatga aloqasi borligini tasdiqlamagan edi. Bu voqealardan keyin klubning qator mutasaddilari ishdan ketgandi.

Kiritildi: 18:45 01.03.2021. O'qildi: 2659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!