Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" klubi asosiy tarkib futbolchilarining maoshi yana qisqaradi

"Barselona" klubi asosiy tarkib futbolchilarining maoshi yana qisqaradi

"Barcelona" rahbariyati asosiy tarkib futbolchilarining maoshini qisqartirishga qaror qildi. Bu haqda Diario Sport xabar bermoqda.

"Ko‘k-anorranglilar" huquqshunoslari bu borada bir qarorga kelish uchun futbolchilarning agentlari bilan uchrashuv o‘tkazib bo‘lishdi. Qayd etilishicha, Xosep Bartomeuning klub prezidentligidan ketishi muzokaralarga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.

Muvaffaqiyatli muzokaralar olib borilsa, "Barselona" rahbariyati futbolchilarning maoshi xarajatlarini 190 million yevroga kamaytirishni rejalashtirmoqda. Rejada futbolchilarning yillik maoshlarini 30 foizga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Rahbariyat 5 noyabrga qadar futbolchilar bilan kelishib olishi kerak.

Kiritildi: 15:45 31.10.2020. O'qildi: 1643 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!