Bugun 29 noyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

"Barselona" bugun Kavani transferini hal qilmoqchi

A A A
"Barselona" bugun Kavani transferini hal qilmoqchi

"Manchester Yunayted" hujumchisi Edinson Kavani faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin.

RAC1 jurnalisti Jerar Romeroga ko‘ra, "Barselona" yozgi transfer oynasi yopilishidan oldin forvardning transferi borasida muzokara o‘tkazmoqchi.

Urugvaylik futbolchi bunga rozi bo‘lishi mumkin, chunki Krishtianu Ronaldu qaytganidan keyin Kavanining maydonga tushish ehtimoli yanada kamaydi.

34 yoshli Kavani 2020 yildan buyon "Manchester Yunayted" sharafini himoya qilib, 40ta o‘yinda maydonga tushib, 17ta gol urdi va 6ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:54 31.08.2021. O'qildi: 3038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik