“Barselona” klubi “Chelsi” a’zosi Eden Azarning agenti bilan dastlabki uchrashuvni o‘tkazdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Kataloniya klubi rahbariyati belgiyalik futbolchining agenti bilan suhbatda Azarni sotib olish niyatida ekanliklarini ma’lum qilishgan. O‘z navbatida agent Azarning Londonni tark etishga tayyor ekanligini va “Barselona” taklifini ko‘rib chiqishga roziligini bildirgan.