Bugun 27 may, 2026 yil, chorshanba

КИР

«Barselona» 20 million yevroga “yangi Neymar”ni topdi

«Barselona» 20 million yevroga “yangi Neymar”ni topdi

«Barselona» 16 yoshli braziliyalik qanot hujumchisi Gabriel Venenoga qiziqish bildirmoqda. Ispaniya matbuoti uni allaqachon “yangi Neymar” deb atashni boshlagan, deb xabar berdi Sports.kz.

Futbolchi «Atletiko Mineyro» klubiga tegishli bo‘lib, Braziliyaning eng iste’dodli yosh o‘yinchilaridan biri hisoblanadi. AS nashri ma’lumotiga ko‘ra, braziliyalik klub uning transferi uchun taxminan 20 million yevro va bonuslar talab qilmoqda.

Qayd etilishicha, kataloniyaliklar Venenoning rivojlanishini yaqindan kuzatib bormoqda va boshqa klublardan oldinroq uni qo‘lga kiritishni istaydi. Biroq futbolchining yoshi muammo bo‘lishi mumkin — FIFA qoidalariga ko‘ra, «Barselona» uni 18 yoshga to‘lmaguncha ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Ispaniya ommaviy axborot vositalari Venenoning maydondagi pozisiyasi Lamin Yamal bilan bir xil ekanini ham ta’kidlamoqda.

Moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay, «Barselona» transfer bozorida faol ish olib borishda davom etmoqda va kelajak uchun yosh iste’dodlarni izlamoqda.

Kiritildi: Bugun 12:04. O'qildi: 173 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!