Bugun 4 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Barmoqlar ham xavfli kasalliklardan darak beradi

A A A
Barmoqlar ham xavfli kasalliklardan darak beradi

Buyuk Britaniyalik olimlar o‘pka saratonining shu paytgacha noma’lum bo‘lgan alomatini aniqlashdi. Ularning so‘zlariga ko‘ra, qo‘l va oyoq barmoqlaridagi o‘zgarishlar og‘ir kasalliklardan darak beradi.

Ma’lumki, o‘pka saratoni erta bosqichda o‘zini deyarli bildirmaydi. Biroq so‘nggi tadqiqotlar uning ham o‘ziga yarasha alomatlari borligini ko‘rsatdi. Masalan, o‘sma gormonlarga o‘xshab ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy moddalar ajratishi mumkin.

Ularning ta’sirida qon va suyuqlik barmoq uchlarida yig‘iladi. Natijada barmoqlarning hajmi sezilarli darajada kattalashadi. Bundan tashqari, tirnoq atrofidagi terining g‘ayrioddiy yaltirashi yoki ilgari ko‘zga tashlanmagan qavariq ham saratonga ishora qilishi fosh etildi.

Kiritildi: 21:59 25.06.2023. O'qildi: 3731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!