Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Banklarga kiberhujumlar oqibatidagi zarar kelgusida yiliga 350 milliard dollargacha yetishi mumkin

Banklarga kiberhujumlar oqibatidagi zarar kelgusida yiliga 350 milliard dollargacha yetishi mumkin

Jamg‘arma direktori Kristin Lagard tashkilot tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotni taqdim etgan. Unda 50 ta mamlakatda amalga oshirilgan kiberhujumlar oqibatida yaqin vaqt ichida ko‘rilgan zararlar tahlil qilingan. Jamg‘arma rahbarining aniqlik kiritishicha, moliyaviy tizimga keng miqyosli muvaffaqiyatli hujumlar bo‘lmagani uchun har qanday prognoz qilish murakkab hisoblanadi.

Lagardning so‘zlariga ko‘ra, kiberhujumlar oqibatida o‘rtacha yillik potensial yo‘qotish banklarning global miqyosdagi daromadining to‘qqiz foiziga yaqin, ya’ni taxminan 100 milliard dollar bo‘lishi mumkin. Hujumlar chastotasi oldingiga qaraganda ikki marta yuqori bo‘lsa, zarar 2,5—3,5 marta ko‘p, ya’ni 270 — 350 milliard dollarga yetishi mumkin.

Jamg‘arma tomonidan modellashtirilgan holatlarning besh foizida banklar hujum oqibatida sof daromadining deyarli yarmini yo‘qotishi mumkinligi ma’lum bo‘lgan.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 23:40 22.06.2018. O'qildi: 1582 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!