Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Bag‘dod tumaniga hokim tayinlandi

A A A
Bag‘dod tumaniga hokim tayinlandi

Bugun, 19 fevral kuni Xalq deputatlari Bag‘dod tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada lavozimidan ozod etilgan Yusufjon Xusainov o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Soliyev G‘anijon Sheraliyevich nomzodi Bag‘dod tumani deputatlari tomonidan yakdillik bilan qo‘llab-quvvatlandi va hozirga qadar Bag‘dod tumani “Xo‘jaqishloq” MFYda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha hokim yordamchisi bo‘lib ishlab kelgan G‘anijon Soliyev Bag‘dod tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Kiritildi: 21:45 19.02.2024. O'qildi: 1922 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik