Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

BAAda arab tilining tarixiy lug‘ati chop etiladi

A A A
BAAda arab tilining tarixiy lug‘ati chop etiladi

Sharja amirligi Arab tili akademiyasi bosh kotibi doktor Muhammad Safi Al Mosteganemi Milan shahrida o‘tkazilayotgan Arab tili va madaniyati festivalida o‘z hamkasblariga Arab tilining tarixiy lug‘ati ustida olib borilayotgan ishlar haqida gapirib berdi, deya xabar qiladi islam.ru nashri.
Olimning ta’kidlashicha, kitob Sharja amirligi Oliy kengashi a’zosi va hukmdori doktor shayx Sulton ibn Muhammad al-Qosimiy rahbarligi ostida tayyorlanmoqda.

WAM axborot agentligi xabariga ko‘ra, arab tili va madaniyatining tarixiy rivojlanishi aks etadigan lug‘atni yaratish ustida Arab ilmiy tili akademiyalari ittifoqi (Qohira, Misr) bilan birgalikda 300 nafardan ortiq arab tadqiqotchilari va tilshunoslari ish olib borishmoqda. Kitobda arab tili va madaniyatining oxirgi 17 asrlik tarixi tadqiqotning uch bosqichlari: eski yozuvlar, arab tiliga urg‘u bilan semit tillari guruhi, shuningdek, tilning amaliy qo‘llanilishida ta’riflanadi. U islomgacha va islom davrlari, separatchi sulolalar tarixi, Mamluk sultonligi davri va zamonaviy tarixdan iborat beshta davrni qamrab oladi.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 07:45 04.04.2019. O'qildi: 1709 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!