Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

BAA Yamanda yashirin turmalar borligini rad etdimi?

A A A
BAA Yamanda yashirin turmalar borligini rad etdimi?

Birlashgan Arab Amirliklari Yamanning isyonchi xusiylardan qaytarib olingan hududlari, Adan va Xadramavtda maxsus kuzatuv markazlari va turmalar ochilganini rad etdi. 

Yaqinda Xalqaro amnistiya tashkiloti BAAning Yamanda yashirin turmalar ochgani va u yerlarda inson huquqlariga zid ravishda qiynoqlar qo‘llanayotgani haqida xabar tarqatgan edi. BAA hukumati rasmiy WAM axborot agentligi orqali bu ma’lumotning haqiqatga zid ekanini ta’kidladi. 

Bayonotda aytilishicha, Yamanda BAAning bitta ham turmasi yo‘q va mavjud turmalarning barini Yaman hukumati nazorat qiladi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 11:45 14.07.2018. O'qildi: 1449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik