Bugun 20 may, 2024 yil, dushanba

КИР

BAA koronavirus ustidan g‘alaba qozondimi?

BAA koronavirus ustidan g‘alaba qozondimi?

Birlashgan Arab Amirliklari sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligi mamlakat hududida COVID-19 bilan xastalanganlarning tuzalish darajasi 90 foizga yetganini, bu dunyo mamlakatlari ichida eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biri ekanini ma’lum qildi, deyiladi Islam.ru xabarida.

Vazir Abdul Rahmon ibn Muhammad Uvaysning ma’lum qilishicha, mamlakat hududida shuningdek 5,2 mingta test o‘tkazilgan. 2020 yilning 3 avgust sanasidagi ma’lumotga ko‘ra, kasallikka chalinganlan soni 61 163 kishini tashkil qilgan, ularning 54 863 nafari to‘liq tuzalgan.

3 avgust kuni amirliklarda koronavirus bilan bog‘liq 164 ta yangi holat aniqlangan. Bu 2020 yilning 1 avgustidan beri rekord darajadagi past ko‘rsatkichdir.

Bu bilan bir qatorda shu kuni 248 kishi kasallikdan sog‘aygan, oxirgi uch kunda o‘lim bilan bog‘liq birorta holat qayd etilmagan (umumiy hisobda 351 kishi vafot etdi).

Birlashgan Arab Amirliklari sog‘liqni saqlash va profilaktika vazirligi bu raqamlarga qaramay mahalliy aholidan profilaktika qoidalariga amal qilishga va pandemiyaga qarshi kurashishda o‘z hissasini qo‘shishga chaqirdi.

Kiritildi: 16:17 05.08.2020. O'qildi: 3206 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!