Jamiyatda shunday illatlar borki, ularga qarshi qanchalik kurashmang, taqiqlamang, aksincha ildiz otib boraveradi. Insonni hayron qoldiradigani esa, bunday illatlarni davom ettirayotganlar undan faqatgina moddiy, ma’naviy va jismoniy zarar ko‘rishini bilsada, unga ergashaveradi. Ijtimoiy tarmoqlarda avtoxalokatga uchragan to‘y korteji videosi paydo bo‘ldi.
Bir-birini quvib o‘tib butun yo‘lni egallab ketayotgan to‘y kortejining mashinalaridan birini qarama-qarshi tomondan kelayotgan yuk mashinasi ezib ketdi. Bir umrlik kutilgan to‘y oqshomi, baxtli lahzalar, shirin xotiralarning barchasi shu birgina xato sabab umrbotlik afsus va armonga aylanishi shartmidi?!
Manba: zamin.uz