Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Ayting, bizga nima bo‘lyapti?

A A A
Ayting, bizga nima bo‘lyapti?

Yana qotil ona, yana qotillik ayol tomonidan sodir etildi. Uni qotil deyishga ham tilim bormaydi. Oldin bittasi bolasini bo‘g‘ib o‘ldirib ko‘chaga tashlab ketdi, endi bittasi ikki bolasini kanalga tashlab o‘zi tirik qolib bolalari vafot etdi. Yana bittasi ikki norasida 7 yashar va bir yashar qizini pichoqlab o‘ldirib, oxirida o‘ziga pichoq urib tirik qoldi.
Bizga nima bo‘lyapti odamlar? Qanchalik qiynalmaylik farzandimiz joniga qasd qilishgacha bormasdik-ku! Aslida o‘z jonimizga qasd qilishimiz ham gunohi azimku! Bu jonimiz Ollohning omonati. Omonatni esa faqat o‘z egasi qaytarib oladi. 
Kecha 8 oylik o‘g‘ilchamning oyog‘iga toshma toshib qolibdi. Uch kundan beri yuragim xijil. Dori beryapman. 
Uch yashar qizim 4 oyligida kasalxonaga tushib qoldik. Uch kecha-kunduz yurib chiqdim. Ko‘zimga uyqu kelgani yo‘q. Charchoqni sezmadim. Bu nima onalik mehri emasmi?
Ey, jigargo‘shasini bo‘g‘ib o‘ldirgan ayol nahot jajji xilqatning ko‘zlariga qaramading? Qaraganingda uning hayotga to‘ymagan ko‘zlarida «nega?» degan savolni his qilgan va darhol qo‘llaringni olgan bo‘larding.
Bolasini o‘ldirib tirik qolganlar! Ularni Mehribonlik uyiga topshirsangiz ham bo‘ylardiku.
Shunchalik chorasiz ekansiz, o‘zingiz bir joylarga daf bo‘lmaysizmi? Bolangizni kerakli odamlar himoyaga olardi. 
Nima deyishni ham bilmayman. Dilim yig‘layapti,yig‘layapti yuragim og‘riyapti. 
Kim kimni yechintirgan bu haqda gapirmay qo‘ya qolay. Ko‘rgani yuragim betlamadi. Lekin o‘sha ayolga qoyil qoldim. Uyiga borib o‘ziyu,o‘ziyu norasidalarining joniga qasd qilmabdiku.qilmabdiku Vaholanki#uni qattiq tahqirlashgani rost. 
Sizni ona deyishga tilim bormaydi. Bolasini o‘ldirib odam o‘zi yashashi mumkinmi?
Aziz haqiqiy onalar! Farzandaringizni asrang. Ruhan ezilayotgan o‘zingizda ruhiy xastalik alomatlarini sezsangiz farzandlaringizni asraydigan Olloh bor. Tavakkal qilingda,qilingda bolalardan uzoqroq keting. O‘tinaman,O‘tinaman zinhor ularni o‘ldirmang,o‘tinaman!

Saida Ibodinova

Kiritildi: 14:41 08.07.2018. O'qildi: 2440 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik