🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026 yil 9 oktyabrdagi 557-son qaroriga muvofiq, biznesni ro‘yxatga olish tadbirida ishtirok etgan hokim yordamchilariga bir martalik rag‘batlantirish to‘lovi amalga oshiriladi.
💸 To‘lov miqdori:
— rasmiy iqtisodiy birlik bo‘yicha har bir qabul qilingan savolnoma uchun — 6 120 so‘m;
— norasmiy iqtisodiy birlik bo‘yicha har bir qabul qilingan savolnoma uchun — 8 160 so‘m.
🔢 Masalan, 400 ta rasmiy va 100 ta norasmiy iqtisodiy birlik to‘liq ro‘yxatga olinsa, jami 3 264 000 so‘m bir martalik qo‘shimcha to‘lov hisoblanadi.
🏛 Rag‘batlantirish to‘lovlari Milliy statistika qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Eslatma: to‘lov miqdori qabul qilingan savolnomalar soniga bog‘liq. To‘lov biriktirilgan hududda iqtisodiy birliklarni ro‘yxatga olishning to‘liq qamrovi ta’minlangandan so‘ng to‘lanadi. O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar biznesni ro‘yxatga olish tadbirida onlayn ishtirok etadi. Shu sababli ular bo‘yicha hokim yordamchilariga mazkur bir martalik rag‘batlantirish to‘lovi hisoblanmaydi.