Rossiyada ayollar uchun bir oydan ortiq muddat ishlash ta’qiqlangan kasblar ro‘yxatittuzib chiqildi, deb xabar bermoqda TASS Mehnat va ijtimoiy himoya vazirligi vakili Aleksey Cherkasovning so‘zlariga asoslanib.
Uning so‘zlariga ko‘ra, omma bilan suhbatlashish va vazirlikka kelib tushayotgan arizalarni o‘rgangan holda ayollar reproduktiv salomatligi uchun zararli bo‘lgan ishlab chiqarish turlari ro‘yxati tuzildi. Sal avvalroq vakil qaysi kasblar ayollar uchun ekani to‘g‘risida ma’lumot bergan edi.
2018 yilning kuzida Mehnat vazirligi rahbari Maksim Topilin Yevroosiyo ayollar forumida chiqish qilib, 456 nafar kasblar o‘rganilib, ular ichida rossiyalik ayollar uchun ta’qiqlanganlari ajratib olinishi to‘g‘risida ma’lum qilgandi. Shunda qilib, ayollar faoliyati cheklanishi lozim bo‘lgan kasblar sirasiga non va non mahsulotlarini ishlab chiqarish, havo, dengiz, daryo va temir yo‘q transporti sohasida ishlash, yug‘ir yuk tashuvchi avtomobillar va maxsus texnikali mashinalarni boshqarish bilan shug‘ullanish kabilar kiritildi. Topilinning qayd etishicha, bu ro‘yxat rossiyalik ayollarning mehnat qobiliyatlarini oshiradi hamda qulay ish sharoitiga ega bo‘lishni ta’minlaydi.
20 senyatbr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin gender tengligiga doir muammolarni hal etish hamda rossiyalik ayollar karyerasiga bo‘lgan to‘siqlarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatma bergan edi. Omadli ayollari tarixi qanchalik boy bo‘lsa, mamlakat, dunyo shunchalik yutadi , degan Rossiya yetakchisi.
lenta.ru