Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

“Ayolim ana shunday vafot etgan...”

“Ayolim ana shunday vafot etgan...”

Mening ayolim bor edi. Bunga ancha bo‘ldi. U betob bo‘lib, o‘lim to‘shagiga yotib qoldi. 

Uning onasi ko‘rgani kelib, uni ovutishga urinar edi. 

U; “Bolam hali yaxshi bo‘lib ketasan, hali ko‘p yashaysan, mana ko‘rasan, tez orada sog‘ayib ketasan”- deb qizining xayoliga quvonchli kunlarni keltirishga harakat qilar edi. 

Bu urinishlarga qizning, ya’ni ayolimning javobi nima bo‘ldi, bilasizmi?  

Onasining gapidan ayolim siqilib ketdi. U taxminan jon topshirishga yaqin qolgan edi. Uning bu gaplardan diqqati oshib ketdi va: «Onajon qo‘ying, bu gaplar bilan meni yupatmang. Siz menga hozir o‘zim ko‘rib turgan, meni kutib turgan va men oldiga borayotgan ne’matlar haqida so‘zlang”- derdi.

Ushbu so‘zlarni aytishga uni nima undadi? 

Men uning aytgan bu gaplarini o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rib, mana bu quloqlarim bilan eshitganman.  

U: “Qo‘ying, menga bu dunyoning arzimas narsalari haqida gapirmang”- der edi.  Vaholangki, u ham insonlar rohatlanib yashayotgan bu dunyo ne’matlaridan bahra olib hayot kechirayotgan edi. 

Lekin Kariym, Rohman va Rohiym bo‘lgan Robbim ayolimga bu dunyodan Alloh taoloning huzuriga jo‘nab ketish vaqti yaqin qolgan vaqtda u ko‘rib rohatlanadigan (oxirat) ne’matlarini ko‘rsatgan edi. Alloh subxanahu va taolo unga ushbu ne’matlarni ko‘rsatib uning ko‘ziga bu dunyo hayotidagi narsalarni arzimas, kichkina, go‘yoki bir axlatdek qilib qo‘ygan edi. Shuning uchun, u onasining so‘zlaridan yuragi siqilib: “Onajon meni qo‘ying, menga bu gaplarni aytmang. Siz menga o‘zim ketayotgan anavi yerdagi (oxirat) ne’matlari haqida so‘zlang”- deb aytar edi.

Men Alloh azza va jalladan barchalarimizni o‘lim orqali rohat beruvchi ketishga tayyor turadigan kishilardan qilishini so‘rayman.

Kiritildi: 10:19 20.01.2020. O'qildi: 3531 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!