Bugun 21 may, 2024 yil, seshanba

КИР

Ayol shifokorlarga qarshi chiqib, xavfli operasiyaga rozi bo‘ldi

Ayol shifokorlarga qarshi chiqib, xavfli operasiyaga rozi bo‘ldi

Angliyaning Esseks grafligida yashovchi ayol shifokorlar tavsiyalariga bo‘ysunmay, xavfli operasiyaga rozi bo‘lib, sog‘lom o‘g‘lini dunyoga keltirdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar bermoqda.

26 yoshli Nikola Ginnes Angliyaning Essex grafligida yashovchi ayol ikkita bachadon bilan yashab kelardi, bachadonlarning orasida teridan to‘siq bor edi. "Shifokorlar men hech qachon tug‘olmasligimni aytishdi", dedi u.

Ginnes homilador bo‘lishning boshqa usullarini izlay boshladi va hatto singlisidan surrogat ona bo‘lishini so‘radi. Ammo tez orada jarroh unga to‘siq bo‘lib turgan terini olib tashlash mumkinligini aytdi, ammo bu operasiyani tavsiya qilmadi, chunki bu bepushtlikka olib kelishi mumkin edi. Ginnes esa shifokorning qarshiligiga qaramay, 2018 yil oktyabr oyida murakkab operasiyaga rozi bo‘ldi. Operasiyadan keyin sakkiz oy o‘tgach, Nikola va uning sevgilisi Entoni hademay ota-ona bo‘lishlarini bilishdi.

10 yanvar kuni bola sog‘lom tug‘ildi, unga Redji deb ism qo‘yildi. Kichkintoy muddatidan bir oydan oldin tug‘ilgan, ammo uning hayoti va sog‘lig‘iga hech narsa tahdid solayotgani yo‘q.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, homiladorlik paytida u ba’zi qiyinchiliklarga duch keldi, ammo barchasi yaxshi yakunlandi. “Operasiya to‘g‘risida qaror qabul qilish juda qiyin edi, chunki shifokorlar qarorimga qarshi edi. Ammo men hech qachon ona bo‘lish orzusidan voz kechmaganman va kurashishni to‘xtatmaganimdan baxtiyorman », – deb tan oldi Ginnes.

 

Avvalroq, Xitoyning 62 yoshli fuqarosi o‘z kasalliklarining uzoq ro‘yxatiga qaramay, sog‘lom farzandni dunyoga keltirgani haqida xabar berilgandi. U o‘g‘lining o‘limidan keyin kech homiladorlik to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Kiritildi: 09:39 17.01.2020. O'qildi: 2326 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!