Bugun 11 dekabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Ayni damda O‘zbekistonni qattiq tuman qoplagan

Ayni damda O‘zbekistonni qattiq tuman qoplagan

Ayni damda O‘zbekistonni qattiq tuman qoplagan. Tuman hodisasi sababli mayda dispers zarrachalar (PM2,5, PM10) ko‘rsatkichlari oshishi kuzatilishi mumkin.

Tuman hodisasi paydo bo‘lishiga yurtimizga kirib kelgan sovuq va nam havo massalari sabab bo‘lgan. O‘zgidromet 10 dekabrga kelib butun respublikada havo harorati pasayishi haqida xabar bergandi.

Shuningdek, ta’kidlash lozimki, respublika hududidagi chang zarrachalarining taxminan 55–60 foizi tashqi hududlardan kirib keladi. Oxirgi kunlarda shamol tezligi past bo‘lgani, shuningdek inversiya jarayonlarining shakllangani hamda hozirda tuman hodisasi kuzatilayotgani tufayli ushbu chang zarrachalari havo qatlamlarida turib qolmoqda va tarqalib ketishi qiyinlashmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:52. O'qildi: 451 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!