Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Aydar-Arnasoy ko‘llarida ekologik barqarorlikni saqlash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi

Aydar-Arnasoy ko‘llarida ekologik barqarorlikni saqlash bo‘yicha alohida dastur amalga oshiriladi

Avvalo, “Aydar-Arnasoy” ko‘llarini “Do‘stlik” va “Janubiy Mirzacho‘l” kanallari orqali to‘yintirish ishlarini yakuniga yetkazamiz. Natijada, birgina Do‘stlik kanali orqali har yili 500 million kub metrgacha qo‘shimcha suv tashlash imkoni yaratiladi.

Shuningdek, 6 ming gektar sun’iy suv havzalarida hosildorlikni 4-5 barobarga oshirish va xonadonlarda intensiv baliq yetishtirishni ko‘paytirish hisobiga viloyatda baliq yetishtirish hajmi 50 ming tonnaga yetkaziladi.

Sharof Rashidov tumanidagi baliqchilik klasteri xonadonlarda baliq yetishtirishni kooperasiya asosida tashkil qilgan. Bu orqali yetishtirilgan 1 ming tonna baliqni sotib olib, qayta ishlashni yo‘lga qo‘ygan. Buning hisobiga bitta xonadon o‘rtacha 20 million so‘mdan qo‘shimda daromad olmoqda.

Shu bilan birga, klaster qoshidagi o‘quv markazida, har yili 1 ming nafar yoshlarni intensiv usulda baliq yetishtirish va uzumchilik bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatiga tayyorlash tizimi tashkil etilgan. Bu kabi ilg‘or klasterlar tajribasi barcha tumanlarda joriy etiladi.

Kiritildi: 13:50 21.10.2021. O'qildi: 1275 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!