Bugun 24 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Aybsiz erkak 23 yil qamoqxonada o‘tirib chiqdi

A A A
Aybsiz erkak 23 yil qamoqxonada o‘tirib chiqdi

Xitoyda nomusga tegish va qotillikda ayblanib 23 yillik qamoq jazosini o‘tagan aybsiz erkak ozodlikka chiqdi. Bu haqda Asia One xabar bermoqda, deb yozadi «RIA Novosti».

1996 yilda Szin Chjexun 20 yoshli qizning nomusiga tegish va o‘ldirishda ayblanib, kechiktirilgan o‘lim jazosiga hukm qilingan. Sudlanuvchi hukm ustidan shikoyat qilishga uringan va tan oluvchi ko‘rsatmalarni qiynoqlar ostida berganligini ma’lum qilgan. Biroq sud jazoni kuchda qoldirgan.

2014 yilda The Paper gazetasi mazkur ishni surishtirish bilan shug‘ullangan. Sudlanuvchining advokati himoyasidagi shaxsning aybini tasdiqlovchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri dalillar yo‘qligini ma’lum qilgan. Shuningdek, ishda mos kelmaydigan holatlar mavjud — qurbonning jasadida sigaretdan kuyish izlari topilgan, Szin Chjexun esa chekmaydi.

Qayta sud jarayoni erkakning aybsizligini tasdiqladi. U 2018 yilda 50 yoshga kirdi. Bugun sud barcha ayblovlarni undan olib tashladi.

Kiritildi: 12:06 01.12.2018. O'qildi: 1880 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik