AvtoVAZ O‘zbekistonda Lada Vesta yig‘ishni yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Maksim Sokolov “Innoprom. Markazi Osiyo” ko‘rgazmasida aytib o‘tdi.
“O‘zbekistonlik hamkorlarimiz va men avtomobillarimizni yig‘ishni qayta tiklash bo‘yicha rejalarni ko‘rib chiqmoqdamiz. Ahamiyatlisi, bu yangi avlod Lada Vesta flagman modellari bo‘ladi”, deydi u.