Bugun 16 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Avtomobilni rasmiylashtirish uchun yig‘imlar bekor qilinishi mumkin

Avtomobilni rasmiylashtirish uchun  yig‘imlar bekor qilinishi mumkin

Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil byudjet parametrlarini shakllantirishda avtotransport vositalarini ikkilamchi bozordan sotib olganlik uchun undiriladigan yig‘imlarni bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik patalasi deputati Doniyor G‘aniyev ikkilamchi bozordan avtomobil xarid qilinganda uni boshqa shaxs nomiga oldi-sotdi shartnomasi orqali notarial rasmiylashtirish hamda DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazishda to‘lanadigan davlat boji va yig‘imlar miqdori yuqoriligini keltirib, ushbu davlat boji va yig‘imlar stavkalarini 2022 yil uchun davlat byudjetining parametrlarini shakllantirishda qayta ko‘rib chiqishni so‘rab, Moliya vazirligiga deputatlik so‘rovi yuborgan.

«Bugun so‘rovimga Moliya vazirligidan javob oldim. Javobda aytilishicha, so‘rovda ko‘tarilgan muammolarni inobatga olgan holda, Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil byudjet parametrlarini shakllantirishda avtotransport vositalarini sotib olganlik uchun undiriladigan yig‘imlarni bekor qilish ko‘zda tutilmoqda.

Bu esa sotib olingan avtotransport vositasini DYHXXda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun transport vositasining ot kuchi va ishlab chiqarilgan sanasidan kelib chiqqan holda fuqarodan undiriladigan bir necha million so‘mlik to‘lov bekor bo‘lishini anglatadi», — deb yozadi deputat.

Bundan tashqari, deputatga javob xatida Moliya vazirligi va Adliya vazirligi tomonidan avtomobil oldi-sotdi shartnomasini notarial rasmiylashtirish uchun belgilangan davlat boji miqdorlari ham qayta ko‘rib chiqilgani hamda ularni pasaytirish yuzasidan «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish yuzasidan qonun loyihasi ishlab chiqilayotgani ma’lum qilingan.

«Umid qilamizki, undiriladigan boj va yig‘imlarning kamayishi o‘z navbatida fuqarolarimizga o‘zlari xarid qilgan avtomobillarini mulk huquqi va fuqarolik munosabatlarida salbiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ishonchnomalar orqali emas, balki notarial oldi-sotdi shartnomasi orqali rasmiylashtirishga imkoniyat yaratadi», — deb yozadi deputat Doniyor G‘aniyev.

Kiritildi: 20:57 26.10.2021. O'qildi: 3289 marta. Fikrlar soni: 3 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!