Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Avtokreditlar foiz stavkasi pasaytiriladi

Avtokreditlar foiz stavkasi pasaytiriladi

Aholining mahalliy avtomobillarga bo‘lgan talabini rag‘batlantirish maqsadida prezident avtokreditlar bo‘yicha foiz stavkalarini pasaytirish va ularning hajmini oshirish choralarini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda yiliga 650 mingtagacha avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega 4 ta yirik korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Joriy yilda 300 dan ziyod mahalliy korxona bilan kooperasiya asosida yana 763 turdagi ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni boshlash muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 510 ming donaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.

Avtomobil sanoati mutasaddilariga mavjud imkoniyatlarni batafsil tahlil qilib, 10,5 foiz o‘sishni ta’minlash maqsadida joriy yilgi ishlab chiqarish dasturini qayta ko‘rib chiqish topshirildi.

Kiritildi: Bugun 18:25. O'qildi: 549 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!