Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

"Avtobusda yo‘l haqi — 1500 so‘m!"

"Avtobusda yo‘l haqi — 1500 so‘m!"

Samarqand shahrida yo‘lkira narxini o‘zboshimchalik bilan oshirgan haydovchi kechirim so‘radi.

Zarnews nashri xabariga ko‘ra, 17 avgust Samarqand shahridagi 41 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlarida harakatlanayotgan haydovchilar asossiz ravishda yo‘lovchilarga yo‘l haqi oshirilgani haqida e’lon qilishgan.

Facebook‘dagi “SAMARKAND CITY” guruhida joylashtirilgan rasmlarga ko‘ra, e’londa yo‘l haqi 1500 so‘m deb ko‘rsatilgan.

“Ushbu noqonuniy harakati uchun 31-yo‘nalish haydovchisi kechirim so‘radi”, - deyiladi xabarda.

Xabarda Samarqand viloyatida yo‘lkira narxi oshirilmagani qo‘shimcha qilingan. Bugungi kunda yo‘l haqi 1200 so‘mni tashkil etadi.

 

Kiritildi: 17:40 21.08.2019. O'qildi: 2690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!