Bugun 20 aprel, 2026 yil, dushanba

КИР

Avstriyada HiPP bolalar ozuqasida zaharli modda aniqlandi

Avstriyada HiPP bolalar ozuqasida zaharli modda aniqlandi

Avstriyada HiPP bolalar ozuqasida kalamush zahri aniqlangani haqida xabar tarqaldi.

Xavfsizlik choralari sifatida mamlakat bo‘ylab 1000 dan ortiq SPAR supermarketlaridan mahsulotlar qaytarib olingan.

Kompaniya ma’lum qilishicha, zaharli modda mahsulotga ishlab chiqarish jarayonida emas, balki tashqi ta’sir orqali tushgan bo‘lishi mumkin.

Aniqlangan xavfli bankalarning pastki qismida qizil doira shaklidagi stiker bo‘lgani qayd etilmoqda.

Shuningdek, Chexiya va Slovakiyada musodara qilingan shunga o‘xshash mahsulotlarda ham dastlabki tahlillar zaharli modda borligini ko‘rsatgan.

Holat yuzasidan tekshiruv ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:10. O'qildi: 283 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!