Avstriya bosh vaziri Sebastyan Kurs Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qabul qilinishi bo‘yicha muzokaralarni iloji boricha tezroq to‘xtatish kerakligini ta’kidladi. Bu haqda VVS xabar bermoqda.
Kursning fikricha, Turkiya oxirgi yillarda Yevropa va uning qadriyatlaridan shitob bilan uzoqlashmoqda.
“Ayni payt Yevropa Ittifoqi va Turkiya orasida qo‘shnilikka asoslangan boshqacha hamkorlik variantlariga e’tibor qaratishimiz kerak”, – dedi u.
Avstriya avvaldanoq Turiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi chiqib kelayotgan davlatlardan biridir.
Aytish kerakki, Turkiyaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi borasidagi muzokaralar bir necha yildan beri o‘tkazilmayapti.