Bugun 26 noyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Avstraliyada «selfi polisiyasi» paydo bo‘ladi

A A A
Avstraliyada «selfi polisiyasi» paydo bo‘ladi

Avstraliya hukumati hayratlanarli fotosuratlarga tushish uchun o‘z hayotini xatarga qo‘yadigan sayyohlarga qarshi kurashuvchi «selfi polisiyasi»ni tashkil etishga qaror qildi. Bu haqda The Sun yozmoqda.

Nashrning xabar berishicha, Avstraliyada Qirollik milliy bog‘idagi qoya chetida suratga tushayotgan sayyohlarning xatti-harakatlari xavotir uyg‘otmoqda.

Qayd etilishicha, qoya cheti o‘pirilib tushib ketishi mumkin.

Shu bois qoyada xavf haqida belgi o‘rnatilgan, ammo «selfi» ishqibozlarini bu belgi to‘xtata olmayapti.

Avvalroq Hindistonning Goa orolidagi plyajlarda sayyohlarga selfi qilish taqiqlangani xabar qilingandi.

Manba: kun.uz

 
 
Kiritildi: 23:16 31.07.2018. O'qildi: 1150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik