Bugun 15 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Avstraliyada favqulodda holat e’lon qilindi. Sababi...

A A A
Avstraliyada favqulodda holat e’lon qilindi. Sababi...

Ikki haftadan buyon Avstraliyada rekord darajada yog‘ayotgan yomg‘ir 20 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Shuningdek, minglab uylarni suv ostida qoldirdi.

Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison qit’aning ikki shtati — (Devid Xerli) Yangi Janubiy Uels va Kvinslenddagi tabiiy ofat sabab milliy favqulodda holat e’lon qilishini aytdi.

Morrison chorshanba kuni Lismor shahridagi tabiiy ofatni «500 yilda bir marta sodir bo‘lgan voqea» deya ta’rifladi. O‘tgan hafta bu yerda suv toshqini oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan.

Bosh vazirning so‘zlariga ko‘ra, toshqindan jabr ko‘rgan mahalliy aholi va korxonalar qo‘shimcha yordam to‘lovlarini olishlari mumkin. Avstraliya mudofaa kuchlari askarlari ham shaharlarni tozalash uchun kengroq joylashtiriladi. Hukumat vayron bo‘lgan korxonalar va shahar infratuzilmasini tiklashga yordam berish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratadi.

Ammo Morrison ba’zi mahalliy aholi va iqlim targ‘ibotchilari tomonidan dushmanlik bilan kutib olindi. Ba’zi jamoalarda qutqaruv harakatlari asosan hokimiyatga emas, balki ko‘ngillilarga tayangan hamda ko‘p odamlar vaqtinchalik turar joy yoki mashinalarda yashashga majbur bo‘lgan.

Yangi Janubiy Uels davlat qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, yil boshidan beri megapolisda 850 millimetrdan ortiq yomg‘ir yoqqan. Viloyat rahbari o‘rinbosari Pol Tul suv toshqinini «halokatli hodisa» deb atagan va so‘nggi 24 soat ichida qutqaruvchilarga yordam so‘rab 3000 dan ortiq qo‘ng‘iroqlar kelib tushganini ta’kidlagan.

Eng qiyini mamlakatning yirik shahri Sidneydagi vaziyat bo‘lib, u yerda 16 kundan buyon yomg‘ir yog‘moqda. Sidneyning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy chekkalarida toshqindan keyin 2000 dan ortiq uy yashash uchun yaroqsiz deb topilgan. Yana 2-3 ming uy suvdan jiddiy zarar ko‘rgan.

«Biz ikki yoshli bola va yetti nafar kattalar bilan yomg‘ir ostida 16 soat tomda qolib ketdik. Ba’zi hududlarda suvlar pasaygan bo‘lsada, Sidney shimolidagi joylarda suv toshqini haqida ogohlantirishlar mavjud», — dedi mahalliy aholi vakillaridan biri.

Kiritildi: 21:24 10.03.2022. O'qildi: 2698 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!