Bugun 22 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Avstraliya va AQSh AUKUS hamkorligi doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Avstraliya va AQSh AUKUS hamkorligi doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi

Avstraliya bosh vaziri Entoni Albaneze va AQSh prezidenti Jo Bayden ikki davlat o‘rtasidagi AUKUS loyihalari (Avstraliya, Buyuk Britaniya va AQSh harbiy ittifoqi) doirasidagi hamkorlikni muhokama qildi.

Bu haqda Avstraliya bosh vaziri devonining AQShda bo‘lib o‘tgan to‘rt tomonlama xavfsizlik muloqoti (QUAD; Avstraliya, Hindiston, AQSh va Yaponiya) sammiti doirasida o‘tkazilgan ikki tomonlama uchrashuv yakunlari bo‘yicha tarqatilgan bayonotida aytilgan.

Hujjatga ko‘ra, Albtaneze va Bayden "mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik, iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, shuningdek, toza energiyaga o‘tishda birgalikdagi sa’y-harakatlarni kengaytirish" masalalarini muhokama qilgan. Shuningdek, yetakchilar AUKUS hamkorligiga sodiqliklarini yana bir bor tasdiqladilar va AQShning ikki yetakchi partiyasi va ikki davlat ittifoqchilari tomonidan ittifoqni qo‘llab-quvvatlash davom etayotganini qayd etdilar”, — deyiladi bayonotda.

Albaneze va Bayden, shuningdek, "inflyasiyaning global muammosini hal qilish va ta’minot zanjiri barqarorligini yaxshilash uchun birgalikda ishlash muhimligini muhokama qilishdi". "Avstraliya va Qo‘shma Shtatlar iqlim va toza energiya bo‘yicha yaqin hamkorlikni davom ettiradi va muhim minerallarni etkazib berish zanjirlarini kengaytirish va diversifikasiya qilish bo‘yicha umumiy maqsadga sodiq qoladi" - deyiladi hujjatda.

Kiritildi: Bugun 12:36. O'qildi: 186 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!