2018 yil avgust–sentyabr oylarida ta’til kunlarini rejalashtirilish, rasmiylashtirilish, hisob-kitob qilish va haq to‘lashda Prezidentning 2017 yil 28 dekabrdagi PF–5290-son Farmoniga muvofiq ish vaqtini hisobga olish tabeliga tuzatish kiritish zarur, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, Farmon 5 kunlik ish haftasi belgilangan tashkilotlarga tatbiq etiladi.
«Qurbon hayit»ni nishonlash
2018 yil 22 avgustda O‘zbekistonda «Qurbon hayit» bayramining 1-kuni nishonlanadi. Ushbu sanaga Farmon bilan 2 ta dam olish kuni qo‘shiladi, 25 va 26 avgust ish kunlari bo‘ladi.
Mustaqillik kunini nishonlash
2018 yil 31 avgust qo‘shimcha dam olish kuni deb e’lon qilindi. 2018 yil 1 sentyabr – bayram kuni (MKning 131-moddasi), 2018 yil 2 sentyabr kalendar bo‘yicha dam olish kuni hisoblanadi. Ushbu sanalarga yana 2 ta dam olish kuni –3 va 4 sentyabr qo‘shiladi. 8 va 15 sentyabr ish kunlari bo‘ladi.
Ta’til kunlarini hisoblashda MKning 131 va 139-moddalariga muvofiq ish, bayram, shanba va yakshanba kunlarini to‘g‘ri ko‘rsatish, ta’til kunlarini, ta’tilning boshlanish va yakunlanish sanalarini to‘g‘ri hisoblash, shuningdek xodimlar uchun eng qulay paytda ta’tilni rejalashtirishlarida yordam berish zarur.
Quyidagi ko‘rinishdagi tabel-jadvaldan foydalanishni taklif etamiz:
Ushbu jadvallarda qaysi kunlar bayram, dam olish kunlari hisoblanishi va ta’til kunlari hisobiga kiritilmasligi, shuningdek ta’til kunlari hisobiga kiritiladigan qolgan kunlar yaqqol ko‘rinadi va ularni hisoblash oson bo‘ladi.
Bu – muhim! 23 avgust, 3 va 4 sentyabr xodimlarning ta’til kunlari hisobiga kiritilgan bo‘lsa, ular keyinchalik 25 avgust, 8 va 15 sentyabrda ishlab berishlari kerak emas.
Manba: darakchi.uz