1 sentyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 72 mlrd 135 mln dollarni tashkil etmoqda.
Xalqaro zaxiralarning asosiy qismini oltin tashkil qiladi. Qiymati 64,9 mlrd dollar bo‘lgan oltin umumiy zaxiralarning qariyb 90 foiziga tengdir.
Avgust oyida mamlakat oltin-valyuta zaxiralari hajmi oltin narxining 13,6 foizga ko‘tarilishi hisobiga 7 mlrd 788 mln dollarga ortgan.
Shuningdek, avgust oyida zaxiradagi oltinning fizik hajmi 9,1 tonnaga oshib, 438,4 tonnaga yetgan.
Xorijiy valyutadagi zaxira aktivlari esa 7,65 mlrd dollardan 6,64 mlrd dollargacha, ya’ni 1 mlrd dollardan ko‘proqqa kamaygan.