Bugun 17 iyun, 2025 yil, seshanba

КИР

Attestasiyadan o‘tish narxi qancha, majburiy attestasiyadan o‘tayotgan pedagoglar ham pul to‘laydimi?

A A A
Attestasiyadan o‘tish narxi qancha, majburiy attestasiyadan o‘tayotgan pedagoglar ham pul to‘laydimi?

❗️Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 17 sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan «Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida»gi Nizom talablariga ko‘ra, pedagog kadrlarni navbatdagi majburiy attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi.

✅ Nizomga asosan, pedagog kadrlarni navbatdan tashqari attestasiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun:

➖ davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi (hozirda 340 ming so‘m);
pedkadr.uzedu.uz platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining platformasi orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m);
➖ yagona interaktiv davlat xizmatlari portali — my.gov.uz orqali murojaat etilganda, bazaviy hisoblash miqdorining 90 foizi (hozirda 306 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi.

👉Eslatma: To‘lovlar navbatdan tashqari attestasiyada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish va murojaat yuborilayotgan vaqtda amalga oshiriladi.

Kiritildi: 15:45 23.01.2024. O'qildi: 3008 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!