Bugun 30 iyun, 2024 yil, yakshanba

КИР

Atlantika okeanida kolumbiyalik kontrabandachilar qo‘lga olindi

Atlantika okeanida kolumbiyalik kontrabandachilar qo‘lga olindi

Ispaniya hukumati Atlantika okeanida «narko-suv osti kemasi» ekipaji hibsga olinganini e’lon qildi.

Bu haqda Euronews xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, Kadisdan 450 kilometr uzoqlikda kontrabandachilar Ispaniya soliq agentligining bojxona nazorati xizmati kemasi tomonidan kuzatilgan.

U qayiqqa yaqinlashgan zahoti ekipaj pastki klapanlarni ochib, kemani yuki bilan birga cho‘ktirdi, deyiladi xabarda.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Kolumbiya suv osti kemasining to‘rt nafar ekipaj a’zosi qo‘lga olingan.

Jinoyatchilarni qidirish va qo‘lga olish bo‘yicha operasiya AQSh Narkotiklarga qarshi kurash boshqarmasi narkotik jo‘natmasini olib o‘tish ehtimoli haqida ma’lumot berganidan keyin boshlangan.

Kiritildi: 06:53 28.06.2024. O'qildi: 2030 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!